Geografiyasi
Braziliya, rasmiy nomi Braziliya Federativ Respublikasi (par. Brasil yoki República Federativa do Brasil) — Janubiy Amerikadagi eng katta va aholisi eng koʻp boʻlgan mamlakat boʻlib, ham aholi soni, ham maydoni jihatidan dunyoda beshinchi oʻrinni egallaydi. Maydoni 8512 ming km2. Aholisi 192,376,496 kishi (2012). U Janubiy Amerika markazidan to Atlantika okeaniga qadar yoyilgan hududni egallab Amerikalarning „eng sharqiy“ mamlakatidir. U bilan chegaradosh mamlakatlar: Urugvay, Argentina, Paragvay, Boliviya, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Guyana, Suriname va Fransuz Giyanasining fransuz qismi. Aniqrogʻi, u Ekvador va Chilidan tashqari, Janubiy Amerikaning har bir davlati bilan chegaradosh. Nomi, dastlabki kolonistlar tomonidan juda qadrlangan, Braziliya daraxtidan (pau-brasil) kelib chiqqan. Hududida ham ekin maydonlari, ham tropik oʻrmonzorlar juda katta joyni egallaydi. Tabiiy resurslar va katta miqdordagi ishchi kuchiga boy boʻlgan Braziliya, Janubiy Amerika iqtisodiyotining yetakchisidir. Dastlab Portugaliyaning sobiq koloniyasi boʻlganidan, uning davlat tili Portugal tilidir. Poytaxti – Brazilia shahri. BMT aʼzosi. Maʼmuriy jihatdan 26 shtat va federal (poytaxt) okrugga boʻlinadi
Braziliyada Atlantika okeani sohili boʻylab koʻpdankoʻp qoʻltiqlar va koʻrfazlar uchraydi. Mamlakat hududining yarmidan koʻprogʻini Braziliya yassitogʻligi ishgʻol etgan (eng baland nuqtasi Bandeyra togʻi, 2890 m); oʻrtacha balandligi 600– 800 m boʻlgan bu togʻlik Braziliyaning janubi-sharq va janub tomonlarini egallab yotadi. Braziliya shimolida Gviana yassitogʻligi joylashgan. Shu yassitogʻliklar orasida keng Amazonka payettekisligi bor. Mamlakatning janubiy va janubi-gʻarbiga Laplata payettekisligining bir qismi kirib kelib, okean sohilida kambar payettekislikni hosil qiladi. Braziliyada polimetall, oltin, temir rudasi, nodir metallar, marganes rudasi, boksit, neft, toshkoʻmir, tuz konlari va boshqa konlar bor.
Iqlimi
Braziliya iqlimi ekvatorial, issiq va nam. Oʻrtacha oylik harorati 16–29 °C. Amazonka payettekisligida yiliga 2000–3000 mm, togʻ yon bagʻirlarida 1500–2000 mm, sohilda 3000 mm, tog tepalarida esa 500 mm yogʻin yogʻadi. Braziliyada daryo juda koʻp. Eng yirik daryolari: Amazonka, Parana, San-Fransisku, Urugvay. Amazonka va uning gʻarbiy irmoqlarida kema qatnaydi.
Oʻrmonlari
Braziliyada nam tropik oʻrmonlar (gileya yoki selvaslar), tropik dashtlarda savanna oʻrmonlari (kampos), qizil laterit tuproqlarda oʻsadigan oʻrmonlar koʻp tarqalgan. Braziliya qattiq yogʻochli daraxtlar zaxirasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Umuman mamlakat hududining 38 % oʻrmonlar bilan qoplangan. Botqoqlik koʻp. Hayvonlardan chumolixoʻr, zirhlilar, yoldor boʻri, nandu tuyaqushi, har xil kemiruvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar koʻp uchraydi. Braziliya hududida Iguasu, Itatiaya, Paulu-Afonsu, Serradus-Organs kabi yirik millim bogʻlar va bir necha quriqxona bor.
Aholisi
Braziliya aholisining asosiy qismi (95 % dan koʻprogʻi) brazillar. Braziliyada Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan bir necha million kishi, jumladan olonlar, italyanlar, portugallar, yaponlar, ispanlar, polyaklar, livanliklar, suriyaliklar ham yashaydi. Tub joy xalqi – indeyslar koʻplab qirib yuborilgan, bir qismi boshqa xalqlar bilan qorishib ketgan. Omon qolgan indeys qabilalari mamlakat ichkarisidati xilvat joylarda yashaydi. Shahar aholisi 75,5 %ni tashkil qiladi. Davlat tili – portugal tili. Dindorlar asosan katoliklardir. Eng yirik shaharlari: San-Paulu, Riode-Janeyro, Belu-Orizonti, Resifi, Portu-Alegri, Salvador, Fortaleza, Kuritiba, Belen, Brazilia, Kampus, Niteroy, Manaus.
Comments
Post a Comment